StarsPaymee
Telegram Stars, Premium va o'yin to'ldirishlarini sotadigan do'kon — to'lovdan yetkazishgacha hammasi avtomatik.
- 10 730
- foydalanuvchi
- 12 674
- buyurtma
Salom, men
Biznes uchun qulay veb-ilovalar, Telegram botlar va ishonchli to'lov tizimlarini yarataman. G'oyadan ishga tushirishgacha.
01Haqimda
Toshkentda faoliyat yurituvchi full-stack dasturchiman. Asosiy yo'nalishim — backend, Telegram ekotizimi va to'lov integratsiyalari. Frontend va serverni ham boshqarib, loyihani to'liq ishga tushiraman.
Ikki to'lov platformasini noldan qurdim. Bu tajriba menga ishonchli arxitektura, ma'lumotlar yaxlitligi va foydalanuvchiga qulay mahsulot yaratishni o'rgatdi.
Barqaror arxitektura va aniq integratsiyalar.
Botlar, Mini App'lar va avtomatlashtirish.
To'lovdan avtomatik yetkazib berishgacha.
02Tanlangan ishlar
Ishga tushirilgan mahsulotlar. Aniq vazifalar, texnik yechimlar va natijalar.
Telegram Stars, Premium va o'yin to'ldirishlarini sotadigan do'kon — to'lovdan yetkazishgacha hammasi avtomatik.
Boshqa do'kon va botlar ulanib, o'z mijozlariga raqamli tovar sotishi uchun API va hujjatlar.
Tadbirkorlar shablon tanlab, 15 daqiqada o'z biznes-saytini ishga tushiradigan konstruktor.
Yopiq Telegram kanallarini pullik qilish uchun SaaS: to'lov, bir martalik taklif havolasi, muddat tugaganda avtomatik chiqarish.
Tabiiy mahsulotlar uchun onlayn dorixona: katalog, blog, buyurtma va yetkazib berish.
O'zbekistonda Telegram Premium sotib olish uchun sayt: so'mda to'lov, mahalliy kartalar.
Telegram Stars, Premium va sovg'alar uchun tanishtiruv sayti — asosiy maqsad botga o'tkazish.
03Ko'nikmalar
Har kuni foydalanadigan vositalar va real loyihalarda to'plangan tajriba.
Server tomonini noldan quraman: API, autentifikatsiya, fon vazifalari, tashqi servislar bilan integratsiya.
Bazani shunday loyihalashtiramanki, bir vaqtda kelgan so'rovlar ma'lumotni buzmasin.
Botlar, Mini App'lar va user-akkaunt darajasidagi avtomatizatsiya — platformaning uchala qatlami.
Pul bilan ishlaydigan kod: to'lov qabul qilish, tekshirish, yetkazish va qaytarish — takrorlanishsiz.
React 19 · Next.js · Tailwind CSS · Vite · TypeScript · i18n
Python · FastAPI · aiogram · asyncio · Django · httpx
Linux · nginx · SSL / certbot · PM2 · Git · DigitalOcean · Vercel
Keyingi rivojlanish yo'nalishlarim.
04Tajriba
Software Developer
Jamoada mahsulot va sayt yo'nalishidagi vazifalar ustida ishlayman: yangi funksiyalar, integratsiyalar va texnik takomillashtirish.
Mustaqil ishlab chiquvchi
Ikkita to'lov platformasini noldan qurdim va o'zim boshqaraman: arxitektura, backend, frontend, server va texnik qo'llab-quvvatlash.
Kompyuter injineriyasi
Bakalavr05Aloqa
Loyihangiz yoki ish taklifingiz bormi? Yozing, tafsilotlarni gaplashamiz. Odatda bir kun ichida javob beraman.